Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Super Ligasida ishtirok etuvchi “Olmaliq” futbol klubining nomi o‘zgardi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Foto: “AGMK”

Foto: “AGMK”

2018-yilgi mavsumdan boshlab Olmaliq shahri klubi “AGMK” deb yuritiladi. 2008-yilga qadar ham klub aynan “AGMK” nomida bo‘lgani aytilgan. O‘z vaqtida “Olmaliq” futbol klubi “OTMK” nomi bilan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgandi.

“AGMK” — Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat birikmasining qisqartmasi hisoblanadi. Uni o‘zbek tilida Olmaliq kon metallurgiya kombinadi, ya’ni, “OKMK” nomi bilan ham yuritish mumkin edi. Jamoaning yangi ishlab chiqilgan logotipidan esa aynan ruscha so‘zlarning qisqartmasi o‘rin oldi.

Yangi logotip o‘zida sariq va qora ranglarni aks ettirgan. “AGMK” klubi kelasi mavsumdan boshlab aynan shu rangli liboslarda harakat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr