23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati Sport-TV orqali namoyish etiladi. Bu haqda telekanalning Telegram sahifasida ma’lumot berilgan.
Sport-TV qit’a birinchiligining barcha bellashuvlarini namoyish qilishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi 3 ta o‘yini ham bo‘ladi.
Translyatsiya huquqi qay tariqa qo‘lga kiritilgani borasida ma’lumot yo‘q. Quyida o‘zbekistonlik futbolchilarning ketma-ket uch o‘yini qaysi vaqtlarda start olishiga oydinlik kiritilgan.
9-yanvar, seshanbaQatar — O‘zbekiston 16:30
12-yanvar, jumaO‘zbekiston — Xitoy 13:00
15-yanvar, dushanbaUmmon — O‘zbekiston 13:00
Izoh (0)