Toshkentning “Bunyodkor” klubi yetakchilaridan biri Doston Hamdamov faoliyatini poytaxtning boshqa bir grandi — “Paxtakor” safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.

Foto: O‘FF

“Paxtakor” Doston Hamdamovni nishonga olgan. Bunga qadar klub “Bunyodkor”dan Otabek Shukurovni ham o‘z safiga qo‘shib olishni istagandi. Ammo Shukurov faoliyatini Amirliklarda davom ettirishga qaror qildi va “Sharja” klubi bilan shartnoma imzoladi.

“Bunyodkor” yetakchilaridan biri Otabek Shukurov erkin agent maqomida “Sharja” bilan shartnoma imzoladi

Shuningdek, “Paxtakor” Ikrom Aliboyevni ham qo‘lga kirita olmagandi. Yarim himoyachi o‘zining asl jamoasi bo‘lgan “Lokomotiv” bilan ikki yillik shartnoma imzolab ulgurdi.

“Paxtakor” Ikrom Aliboyevni qo‘lga kirita olmadi. Futbolchi “Lokomotiv” bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

Doston Hamdamovning “Bunyodkor” bilan shartnomasi qachongacha amalda ekani borasida aniq ma’lumot yo‘q. U O‘zbekiston Oliy Ligasida hozirga qadar 89 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, raqiblar darvozasiga 34 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Doston Hamdamov 5-yanvar kuni O‘zbekiston U23 termasi safida Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi.

“Nasaflashayotgan” “Paxtakor” Qarshi klubining oltinchi futbolchisi bilan ham kelishuvga erishdi