Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokiston bosh vaziri Shohid Abbosiy AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga nisbatan tanqidiga munosabat bildirish uchun 2-yanvar, seshanba kuni hukumat yig‘ilishini chaqiradi. Shuningdek, milliy xavfsizlik qo‘mitasi yig‘ilishi ham chaqiriladi, deya xabar beradi “RBK.

Pokiston bosh vaziri Shohid Abbosiy.

Pokiston bosh vaziri Shohid Abbosiy.
Foto: Reuters

Pokiston TIV Tramp bildirgan ayblovlarga norozilik bildirish uchun AQShning mamlakatdagi elchisi Devid Xeylni chaqirtirdi.

Vazir Xo‘ja Muhammad Asifga ko‘ra, AQSh tomonidan amalga oshirilgan barcha to‘lovlar “lozim darajada sarflangan”. Pokiston buning dalillarini oshkora taqdim etishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp AQSh Pokistonga moliyaviy yordam ko‘rsatib, “ahmoqlikka yo‘l qo‘ygani”ni bildirgan va mamlakatni terrorchilarga boshpana berishda ayblagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)