Rossiyada 1-yanvardan Zaxira fondi faoliyatini to‘xtatdi va Milliy farovonlik fondiga qo‘shilib ketdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Endi budjetning barcha qo‘shimcha neftgaz daromadlari MFFga yo‘naltiriladi.
ZF va MFF 2008-yilda Barqarorlashtirish fondi bazasida tashkil etilgandi. Zaxira fondi davlat daromadlari keskin kamayganda budjet tanqisligini moliyalashtirish manbasi bo‘lishi lozim edi. Milliy farovonlik fondi esa pensiya ta’minoti mexanizmining bir qismi sifatida tashkil etilgandi.
Izoh (0)