Vashington Islomobodga moliyaviy ko‘mak berib keldi, biroq bunga kutilgan javob bo‘lmadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qo‘shma Shtatlar oxirgi 15 yil mobaynida 33 milliard dollardan oshiq yordam jo‘natdi. Ular esa yetakchilarimizni ahmoq sanab, bizga faqat aldov va firibgarlik bilan javob berdi. Ular biz Afg‘onistonda qidirayotgan terrorchilarga boshpana beryapti va bizga deyarli yordam ko‘rsatmayapti. Bas, yetar!” — degan yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Aniqlashtirilishicha, Tramp Pokistonni moliyaviy ko‘makdan mahrum qilmoqchi.