Amerikaning CaliBurger tarmog‘i o‘z restoranlaridan biriga xaridorning yuzini tanib oluvchi va u kafega avvalgi tashrifi chog‘ida buyurtma qilgan taomnomani taklif qiluvchi avtomatni o‘rnatdi. Agar tizim faoliyati muvaffaqiyatli kechsa, bunday avtomatlar butun tarmoq bo‘ylab paydo bo‘ladi va qayerlardadir hatto sotuvchi-kassirlar o‘rnini egallaydi. Bu haqda Travel Ask xabar bermoqda.
Yuzni tanib olish texnologiyasi NeoFace deb ataladi, u vaqtni ancha tejaydi va mos ravishda navbatni kamaytiradi. Bundan tashqari, avtomat nafaqat mijozni va u ma’qul ko‘radigan narsalarni, balki uning bank kartasi ma’lumotlarini ham eslab qoladi. Shunday ekan, to‘lash uchun pin-kodni kiritish va kartani terminalga solish kerak bo‘lmaydi.