“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida 2017-yilda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p muhokama qilingan kishi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘ldi, uning ismi muhokamalarda 6,8 million marta teg qilingan. Kriptovalyuta ham muhokamalar mavzulari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritib, 2,8 million marta teg qilingan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Teglar bo‘yicha boshqa rekordchilar qatoridan reperlar Basta va Face, shuningdek, siyosatchilar Tramp va Navalniy ham o‘rin olgan. Ommabop mavzular qatoriga “Spartak”ning chempionligi va “Sherlok” seriali kirgan.
Izoh (0)