Nyu-Yorkda 12 kishi qurbon bo‘lishiga olib kelgan yong‘inga 3 yoshli bolakay sababchi bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shahar o‘t o‘chirish xizmatiga ko‘ra, 28-dekabr, payshanba kuni kechki payt kvartiralardan birida qarovsiz qoldirilgan bola gaz plitasidagi yondirgichlarni o‘ynagan. Birdaniga oshxonani olov va tutun qamrab olgan.
Ona bolasini qo‘liga olib, kvartiradan qochib chiqqan va eshikni ochiq qoldirgan. Shundan so‘ng yong‘in 5 qavatli uy zinapoyalaridan yuqoriga tarqala boshladi.
Odamlarda ehtiyot choralari ko‘rishga deyarli vaqt bo‘lmadi. Ular zinapoyadan pastga tusholmadi, bunga uringanlar halok bo‘ldi.
Izoh (0)