Nyu-Yorkdagi turar joyda yuzaga kelgan yong‘inda kamida 12 kishi, jumladan, bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda shahar rasmiylariga tayanib, New York Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Nyu-York meri Bill de Blazioga ko‘ra, 12 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Alanga qoplagan binodan halok bo‘lganlar va omon qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Bronksdagi 5 qavatli uydagi yong‘inni bartaraf etishda 160 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda. Uy 100 gektar maydonni egallagan AQShdagi eng katta shahar hayvonot bog‘i yaqinida joylashgan.
Izoh (0)