Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Vladimir Putinga prezidentlik saylovi kampaniyasi va imzo to‘plashni boshlashga ruxsat berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Komissiya 28-dekabr, payshanba kuni amaldagi davlat rahbarini qo‘llab-quvatlash uchun tuzilgan saylovchilar guruhini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endi u saylov fondini shakllantirish uchun maxsus hisob raqam ochishi mumkin.
Putin prezidentlik saylovida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi. U 27-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarini shaxsan taqdim etdi.
Izoh (0)