Rossiyaning Obninsk shahrida yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari tomonidan qalbaki pasportli haydovchi qo‘lga olindi, deb yozadi KNews. Haydovchilik guvohnomasi o‘rniga, u 1987-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi nomidagi pasportni taqdim etdi.
Xodimlar hujjatni ko‘zdan kechirib, qalbakilik belgilarini aniqladi. Fuqaroni navbatchi qismga yetkazishdi, u yerda uning haqiqiy shaxsiy aniqlandi. Aslida u Qirg‘izistonda emas, O‘zbekistonda va 1987-yilda emas, 1982-yilda tug‘ilgan ekan. Muqaddam o‘g‘rilik uchun sudlangan.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, uning haqiqiy pasporti mart oyida yonib ketgan va Moskvada 7 ming rublga notanish kimsa unga yangi pasport yasab bergan. Fuqaroga nisbatan hujjatlar, davlat mukofotlari, shtamplar, muhrlar, blanklarni qalbakilashtirish, tayyorlash va sotish haqidagi modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)