Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) pavilyonida Vladimir Putinning prezidentlik saylovida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi tashabbuskor guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Putin nomzodini ilgari surish haqidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi.
Rossiya prezidentining o‘zi yig‘ilishda ishtirok etmadi. U 26-dekabr kuni hukumat a’zolari bilan uchrashgani va Kremlga Yangi yil archa bayramiga kelgan bolalar muloqotda bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)