Tojikiston prezidenti ijro apparati qoshidagi axborot-texnik markazi axloqsiz nomlar ostida domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Domen ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarida aytilishicha, so‘ralgan nomda “jamoat manfaatlariga, insoniylik prinsiplariga, axloqiy me’yorlarga zid” so‘zlar bo‘lsa, bunday nom ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, geografik nomlar ostida domenlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi man etildi. Nihoyat, davlat tomonidan zaxiraga olingan nomlar ro‘yxati keltirildi.
Izoh (0)