Rossiyaning Velikiy Ustyug shahrida yashovchi mamlakatning bosh Qorbobosi 24-dekabr, yakshanba kuni birinchi marta Chechenistonga tashrif buyurdi va u yerda respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Biz Qorbobo bilan butun dunyoda tinchlik bo‘lsin va sayyoradagi barcha bolalar baxtli bo‘lsin, deya bosh tilagimizni tiladik. Onamning aytib berishicha, men bolaligimdayoq shunday tilakni tilagan ekanman. Va o‘shandan buyon bu mening asosiy orzuyim”, — dedi Checheniston rahbari.
Shuningdek, Qodirovning qayd etishicha, Qorbobo unga issiq nimcha hadya qilgan va yaxshiliklar qilish bo‘yicha o‘z yordamchisi unvonini bergan. “27-dekabr kuni Grozniyning bosh maydonida biz 52 metrli Yangi yil archasini yoqamiz”, — dedi Checheniston rahbari.
Izoh (0)