Italiya A seriyasining 18-turida gol urgan slovakiyalik Marek Hamshik tarixiy natija qayd etdi hamda “Napoli”ning afsonaviy futbolchisi Diyego Armando Maradonaning rekordini yangiladi.
“Napoli” mazkur tur doirasida “Sampdoriya”ni qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi. Shu kuni genuyaliklar darvozasiga gol urgan Hamshik “Napoli” safidagi aniq zarbalari sonini 116 taga yetkazib oldi.
A seriya. Gattuzo “Milan”ni eplolmayapti. “Inter” yana mag‘lub bo‘ldi. “Roma” Turinda “Yuve”dan yengildi
Diyego Maradona 1984—1991-yillar oralig‘ida Neapol klubi sharafini himoya qilgandi. Shu tariqa mazkur klub afsonaviy futbolchi uchun katta o‘rin tutib keldi. Maradona “Napoli” safida jami 115 ta gol urishga erishgandi.Marek Hamshik esa 2007-yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qiladi. 30 yoshli yarim himoyachiga 116 ta gol urishi uchun 10 yil vaqt kerak bo‘ldi. U aynan “Napoli” safiga o‘tgan yili Slovakiya termasi safida ham debyut qilgan bo‘lib, hozirgacha bosh jamoasi uchun 100 ga yaqin o‘yinda maydonga tushib bergan.
Futbolchining “Napoli” bilan amalda shartnomasi mavjud. Shundan kelib chiqilsa, u o‘zi yangilagan rekordni turdan-turga yaxshilab boraverish imkoniyatiga ega.
Izoh (0)