Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Italiyaning Florensiya shahri mezbonlik qilgan International Tournament Handball Fest—2017 turnirida bosh sovringa ega chiqdi, deb yozdi “Olamsport”.
12—21-dekabr kunlari oralig‘ida o‘tgan turnirda O‘zbekiston gandbol terma jamoasi sharafini 2000 hamda 2001-yilda tug‘ilgan sportchilar himoya qildi. Musobaqada, shuningdek, mezbon Italiya, Bolgariya, Belgiya, Ruminiya, Vengriya kabi termalar, “Teramo”, “Florensiya” kabi mahalliy jamoalar ishtirok etdi.
Reglamentga ko‘ra, barcha jamoalar bir davrali tizimda o‘zaro kuch sinashib chiqishi kerak edi. O‘zbekistonlik gandbolchilar shu tariqa barcha raqiblarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan:
- O‘zbekiston — Bolgariya 28:20
- O‘zbekiston — Vengriya 31:29
- O‘zbekiston — Belgiya 22:20
- O‘zbekiston — Ruminiya 38:28
- O‘zbekiston — Italiya 30:26
- O‘zbekiston — “Teramo” 26:14
- O‘zbekiston — “Florensiya” 34:31
Izoh (0)