Vladimir Putinning Rossiya prezidenti sifatidagi faoliyati fuqarolarning 80 foizini qoniqtiradi. Bu “Jamoatchilik fikri” fondi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
So‘rov 16–17-dekabr kunlari Rossiyaning 207 aholi yashash punktlarida o‘tkazildi.
Undan ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklarning 69 foizi Putinni prezidentlikka qayta saylashni xohlaydi. Respondentlarning 67 foizi unga ijobiy munosabatdagiligini ta’kidladi.
Reytingda undan keyingi o‘rinda Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy turibdi — respondentlarning 8 foizi unga ovoz berishga tayyor. Uchlikka Gennadiy Zyuganov 3 foiz ovoz bilan yakun yasadi.
Izoh (0)