AQSh qurolli kuchlari terrorizm tahdidi butkul yo‘qotilmaguncha Afg‘onistonda qoladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti Maykl Pens ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Donald Tramp prezidentligida AQSh qurolli kuchlari mamlakatimizga terrorchilik tahdidini uzil-kesil yo‘q qilmagunimizcha Afg‘onistonda qoladi”, — dedi Pens.
Pens Amerika tomoni “bu kurashda oxirigacha qolishini” bildirdi.
Izoh (0)