Janubiy Koreyaning Chechxon shahridagi fitnes markazida kuchli yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Yong‘in sakkiz qavatli bino garajida avtomobilga o‘t ketishidan boshlandi. Fitnes markazining ikkinchi qavatida joylashgan sauna tashrifchilari fojia qurbonlari bo‘ldi.
Dastlab qurbonlar soni 20 kishini tashkil etgani ma’lum qilingan edi. Keyinchalik qurbonlar soni 30 kishiga yaqinlashdi.
Bundan tashqari, 26 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)