Kuvaytda davom etayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Kuvayt davlat universitetida O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik mavzusiga oid davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbatda O‘zbekistonda dinga qaratilayotgan e’tibor, millatlararo totuvlikda dinning ahamiyati, diniy bag‘rikenglikka keng yo‘l ochish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasidan san’atshunoslik fanlari nomzodi Shohalil Shoyoqubov so‘zga chiqib, mavzu bo‘yicha atroflicha ma’ruza qildi.
Izoh (0)