Moskvaga Ganadan tashrif buyurgan Elvis Presli Barima ismli talaba vatandoshlarini pulga aldagani uchun hibsga olindi. Bu haqda, Moskva prokuraturasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Barima Moskvadagi oliygohlardan birining tibbiyot fakultetida o‘qir edi. U o‘qishga pul to‘lash uchun Ganadan kelgan do‘stlarini aldashga qaror qildi.
2017-yil martida Elvis Presli Barima ikki o‘rtog‘iga o‘qish uchun pul to‘lashga yordam berishni taklif qildi. U do‘stlarining 463 ming rubl pulini olib, o‘z shartnomasi uchun to‘lab yubordi.
Elvis Presli bir yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh (0)