Suriya armiyasi Xama viloyatining shimoli-sharqida “Jabhat an-Nusra” guruhi jangarilarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qo‘shinlar 17-dekabr, yakshanba kuni Msheyrfa shahrini egallagani va Suriya bayrog‘ini ko‘targani bildirilmoqda. Hozirda ular Xalfaya shahri ostonasida dushmanni ta’qib etmoqda.
“Jabhat an-Nusra” marralariga berilgan artilleriya zarbalari natijasida dala qo‘mondoni Salohiddin ash-Shishaniy o‘ldirildi. U guruhning yollanma jangarilariga boshchilik qilayotgandi.
Izoh (0)