Kanadalik milliarder Barri Sherman va uning xotini Xani bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Bu haqda 17-dekabr, yakshanba kuni Toronto politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Patologoanatomik tekshiruvlar kecha va bugun o‘tkazildi. Ikkovining ham o‘limiga bo‘g‘ilish sabab bo‘lgan”, — deyiladi politsiya press-relizida.
Politsiya oldinroq ham er-xotinning o‘limini “shubhali” deb atagandi.
Kanadaning eng badavlat kishilaridan biri, Apotex farmasevtika kompaniyasi asoschisi Barri Sherman va uning xotini 15-dekabr, juma kuni Torontodagi uylari yerto‘lasidan o‘lik holda topilgandi. Jasadlar oila a’zosi bo‘lmagan kishi tomonidan aniqlangan.
Izoh (0)