Pokistonda joylashgan xristian cherkovida uyushtirilgan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, GeoTV telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, 16 kishi yaralandi.
Voqea Kvetta shahridagi Betel cherkovida ro‘y berdi. Portlash chog‘ida ibodatxonada 400 kishi bor edi.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.
Izoh (0)