15-dekabr, juma kuni Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan 6,5 magnitudali zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Yer osti silkinishlari ofis binolari va aholi istiqomat qiladigan uylar joylashgan Jakartada sezilgan. Ko‘plab odamlar vahimada ko‘chaga otlanib, yo‘llarda ommaviy tirbandliklarni keltirib chiqardi. Bir nechta shifoxonadagi bemorlar evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, tasdiqlanmagan sunami xavfi ham e’lon qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 62 yoshli erkak va 80 yoshli ayol halok bo‘lgan. 40 ga yaqin uy qulab tushgan, 60 dan ortiq odam jiddiy jarohat olgan.
Izoh (0)