Anqara AQShning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi qarorini bekor qilish uchun BMTga murojaat etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Turkiya avvaliga BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat etadi. Agar kengashga doimiy a’zo davlatlardan biron biri veto huquqidan foydalansa, Anqara masalani Bosh Assambleya kun tartibiga kiritadi va Quddus bo‘yicha noqonuniy, adolatsiz qaror bekor qilinishi uchun zarur barcha narsani amalga oshiradi”, — va’da qildi Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti mamlakat Falastinni yanada ko‘proq davlatlar tan olishiga erishish uchun ham harakat qilishini bildirdi.
“Bugungi kunda Falastinni dunyoning 137 mamlakati tan olgan. Ularning safi kengayishiga umid qilamiz”, — dedi Turkiya prezidenti.
Izoh (0)