Moskvadagi Zamoskvorets sudi Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevni 8 yil qamoq jazosiga hukm qildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi, deya xabar beradi “RBK”.
Ulyukayev olingan pora miqdorida — 130,4 million rubl jarimaga tortildi. Shuningdek, ozod etilganidan so‘ng 8 yil davomida davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan mahrum etildi. Sud qarori e’lon qilinganidan so‘ng Ulyukayevning qo‘liga kishan solindi.
Sudya Larisa Semyonova ayblov sobiq vazir “Rosneft” rahbari Igor Sechindan 2 million dollar pora olganini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi, deb hisobladi. Prokuror suddan Ulyukayevga 10 yil qamoq jazosi berish va maksimal miqdorda — 500 million rubl jarimaga tortishni so‘ragandi.
Izoh (0)