Rossiyaning Murmansk viloyatidagi baliq kombinati direktori Mixail Zub prezident Vladimir Putinning matbuot anjumaniga keldi. Tadbirga kirish uchun u “Potrebitel” nashrining jurnalisti deb tanishtirdi, deb xabar beradi TJournal.
Uning maqsadi davlat rahbariga baliqchilik sohasidagi muammolar haqida gapirib berish edi.
“Men sizni aldadim. Men Murmansk baliq kombinati direktorlar kengashi raisiman. Tan olaman, bu yaxshi emas. Uch yarim yildan buyon tirik qolish uchun harakat qilmoqdamiz”, — dedi u so‘z navbati kelganida.
Zub baliq narxining yuqoriligi hamda boshqa narsalar haqida gapirdi. Shuningdek, u Putinga soha kelajagiga oid rejalari bayon qilingan 400 betlik matnni taqdim etdi.
Izoh (0)