Juda yomon voqea sodir bo‘ldi: sizda internet ishlamay qoldi. Buning sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin: provayderning nimasidir buzilgan yoki o‘z vaqtida to‘lashni unutgansiz yoki boshqalar.
Quyidagi 15 ish sizga vaqtni qisqartirishga va hatto yangi malakalar olishga yordam beradi.
- Kitob shkafida taftish o‘tkazing. Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirib chiqing, varaqlang, birontasini o‘qishni boshlang.
- Yig‘ishtiring. Balki oshxonada yuvuqsiz idishlar to‘planib qolgandir, hamma joyni chang bosgandir.
- O‘z fikrlaringizni yozing. Kelgusi oy uchun reja tuzing, birinchi millionni nimaga sarflash haqida xayol suring.
- Vaqtingizni uy hayvonlari bilan o‘tkazing.
- Uxlang. Uyqu ham seriallar kabi qiziqarli bo‘ladi.
- Do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling.
- Qarindoshlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. Nafaqat ota-onangiz bilan, balki bobo, buvingiz bilan ham gaplashing.
- Biron nimani tuzating. Balki sizda oyog‘i singan stul bo‘lishi mumkin.
- Balkonni yig‘ishtiring. Ko‘pchilik uni eski va keraksiz narsalarni saqlaydigan ombor sifatida ishlatadi. U yerga qarashga va hamma lash-lushlarni tashlab yuborishga o‘zingizda kuch toping.
- Musiqa asbobini chaling. Fortepyano, gitara, garmoshka, yog‘och qoshiqlar — deyarli har bir uyda bularning birontasi albatta topiladi.
- Sayr qiling. Smartfonsiz va cheksiz xabarlarsiz sayr qilishning gashti o‘zgacha bo‘ladi.
- Muzeyga boring. Muzeyda ham juda ko‘p yangi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
- Kinoga tushing. Katta ekran qarshisida va popkorn bilan maza qilib yangi filmni tomosha qiling.
- Stol o‘yinlari kechasini tashkil qiling. Hayron bo‘lmang, lekin ko‘pchilik do‘stlaringiz va tanishlaringiz kelib o‘ynashga rozi bo‘ladi!
- Sport bilan shug‘ullaning. Mashq qilish, yugurish bilan— tanangizni his qilasiz, uni uyg‘otasiz.
Manba: Trendymen
Izoh (0)