Tarmoqda Sudan askarlari Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi nazorati ostida shug‘ullanayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Rolikni Komsomolskaya pravda gazetasi muxbiri Aleksandr Kots o‘zining Kotsnews Telegram-kanalida joylashtirdi.
Rolikda uch nafar qurolli askar sahroda uyni shturm qilishni mashq qilayotganini ko‘rish mumkin. Kadr ortidagi ovoz ularga arab tilida ko‘rsatma berib turibdi.
Harbiylardan biri mashg‘ulot chog‘ida kelgusi xonaga kirganda uloqtirishi lozim bo‘lgan granata mulyajini yo‘qotdi. Shundan so‘ng yo‘riqchi ruschalab so‘kina boshladi.
Kanalga ko‘ra, Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi Saudiyaning Jidda shahri qarshisida, Port-Sudan shimolida joylashgan.