Airbus 2007-yili Braziliyaning San-Paulu shahri aeroportida TAM Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchragani uchun 30 million real (9,1 million dollar) to‘laydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Konsern sudga mustaqil ravishda da’vo kiritgan 33 qurbonning 93 nafar yaqini bilan kelishuvga erishgani bildirilmoqda.
2007-yil, 17-iyulda Portu-Alegri — San-Paulu reysini amalga oshirgan Airbus-320 Kongonyas aeroportiga qo‘nish chog‘ida aerodrom chetiga chiqib ketgan va yoqilg‘i shoxobchasiga borib urilgandi.
Layner bortida yong‘in boshlandi, buning oqibatida 199 kishi halok bo‘lgan.