Rossiya Tergov qo‘mitasi vakilini haqoratlashda ayblangan Boris Nemsov o‘ldirilishi ishtirokchilaridan biri Tamerlan Eskerxanovning jinoiy ishi Moskvaning Basmanniy sudiga topshirildi. Bu haqda uning advokati Anna Byurchiyeva ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Advokatning aniqlik kiritishicha, Nemsov o‘ldirilishi bo‘yicha qolgan hukm qilingan hamda koloniyalarga jo‘natilganlardan farqli ravishda, Eskerxanov Moskvada va sud muhokamasida shaxsan ishtirok etadi.
Eskerxanovga nisbatan Rossiya jinoyat kodeksining “Sudga hurmatsizlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergovga ko‘ra, u suddagi chiqishi chog‘ida Tergov qo‘mitasi vakiliga qarata haqoratli iboralardan foydalangan.
Tergovchi jinoiy ish doirasida sha’nini himoya qilish va 100 ming rubl tovon undirish haqida da’vo kiritdi.