FXX Moskva hududida yangi yil arafasi hamda 2018-yilgi saylovoldi tadbirlari vaqtida terakt uyushtirishni rejalashatirgan Markaziy osiyolik guruhning faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda terrorizmga qarshi milliy qo‘mita Aleksandr Bortnikovga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Kecha Moskva hududida FXX tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya natijasida xudkushlar ishtirokida yangi yil bayrami hamda Rossiya prezidentligiga saylovoldi kampaniyalari davrida terrorchilik hujumini uyushtirishni rejalashtirgan Markaziy Osiyodan bo‘lgan guruhning faoliyatiga barham berdi. Terrorchilardan qo‘lbola portlovchi qurilmalar, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar olib qo‘yilgan”, — dedi Bortnikov.
Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, joriy yil davomida Rossiyada 78 nafar terrorchi va uning hamtovoqlari yo‘q qilingan, 1018 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan.