Rossiya Suriyadan harbiy guruhining faqat uchdan ikki qismini olib chiqadi. Bu haqda Rossiya TIVga yaqin manba ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Mamlakat mudofaa vazirligidagi manba guruhning aniq tarkibi “endi belgilanayotgani”ni bildirdi.
“Kommersant” nashri manbasiga ko‘ra, Suriyada bir samolyot eskadrilyasi va Xmeymim hamda Tartusdagi bazalarni “yopish” uchun zarur bo‘ladigan havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining barcha texnikasi qoldiriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.