BAAning Dubay amirligida 12-dekabr kuni safari bog‘i ochiladi, deb yozadi Gulf Lifestyle.
Dubai Safari Park’da dunyoning 250 ta mintaqasidan keltirilgan 2500 dan ortiq jonivorlar taqdim etiladi. Bog‘dagi Afrika, Osiyo, Arabiston mavzularidagi hamda ochiq safari qishloqchalarda tashrifchilar ochiq maydonlarda hayvonlarni qo‘llari bilan silashi mumkin bo‘ladi.
2020-yilga kelib, 119 gektarlik safari bog‘idagi jonivorlar sonini 5000 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bog‘ o‘z energetika ehtiyojlarini qondirish uchun quyosh energiyasidan foydalanadi. Amirlik tomonidan amalga oshirilayotgan yangi, ekologik toza loyiha Dubayning ramziy ko‘ngilochar makoniga aylanishi kutilmoqda.