Mashhur France Football nashri “Oltin to‘p”ning 2017-yilgi sohibi nomini e’lon qildi. Bu Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudir.
Ovoz berish jarayonida Krishtianu raqobatchilari bo‘lgan Lionel Messi hamda Neymarni ortda qoldirdi hamda karyerasi davomidagi beshinchi “Oltin to‘p”ga ega chiqdi.
Shu tariqa portugaliyalik futbolchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish borasida argentinalik Lionel Messi bilan tenglashib oldi. Mazkur ikki futbolchi so‘nggi 10 yildan buyon sovrinni hech kimga bermay kelmoqda. Ulardan avval “Oltin to‘p”ni olgan braziliyalik Kaka hazir aralash “men bu sovrinni qo‘lga kiritgan yerlik so‘nggi futbolchiman”, — deb aytib o‘tgandi.
Bu faoliyatimdagi eng fantastik onlar. Chunki bu kunni ancha kutdim. Bu yo‘lda ko‘pchilikdan saboq oldim: Fergyuson, Anchelotti, Zidan, Santush, Mourinyo... Ular bilan ishlash ajoyib edi. Men barchalarini hurmat qilaman, ular men uchun na’munadir.Krishtianu Ronaldu, “Real” hujumchisi
Ikki yil muqaddam “Oltin to‘p” masalasida France Football va FIFA ajralib ketgan bo‘lib, nashr o‘zi ta’sis etgan sovrinni saqlab qoldi. Xalqaro futbol uyushmasi esa The Best sovriniga asos soldi. Krishtianu Ronaldu FIFAga tegishli bo‘lgan bu sovrinni ketma-ket ikki bor qo‘lga kiritganini e’tirof etish kerak. Lionel Messi hozircha bunga muvaffaq bo‘la olmagan.
Izoh (0)