BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Feltman 7-dekabr kuni Pxenyanda KXDR TIV rahbari Li Yon Xo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Uchrashuv tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Feltman 6-dekabr kuni, shuningdek, KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pak Myon Guk bilan ham uchrashuv o‘tkazgan edi.
KXDR 29-noyabr tongida 15-sentabrdan buyon birinchi marta raketa parvozini amalga oshirdi. Shu kunning o‘zida Feltman KXDRning BMT huzuridagi doimiy vakili Cha Son Nam bilan uchrashib, uni Koreya yarim orolidagi joriy vaziyat yuzaga keltirayotgan tahdid haqida ogohlantirdi.
Feltman BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig‘ilishida u Shimoliy koreyalik diplomatga tashkilot bosh kotibining oxirgi murojaatini shaxsan yetkazganligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bosh kotib Pxenyanni bundan keyingi beqarorlashtiruvchi harakatlardan tiyilish va xalqaro majburiyatlarini to‘liq bajarishga chaqirgan.
Izoh (0)