Gruziyaning sobiq prezidenti, ukrainalik muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili tarafdorlari bilan birga mamlakat Oliy Radasi qo‘mitasiga tegishli xonalarni kuch bilan egallab oldi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko bayonot berdi, deb xabar qiladi “MK.ru”.
“U jangarilar guruhi bilan qo‘mitani egallab oldi. Ofis ‘Kiyev’ mehmonxonasi hududida joylashgan”, — dedi bosh prokuror.
Unga ko‘ra, Saakashvili tarafdorlari xonaga eshikni buzib kirgan va davlat mulkini qo‘riqlab turgan shaxsni haydab chiqargan.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)