O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Asaka shahridagi avtomobil zavodiga Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” ma’lum qildi.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida yodgorlik majmuasini barpo etish loyihasi tayyorlandi. Vazirlar Mahkamasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda qisqa vaqt ichida zavod hududida Islom Karimov yodgorlik majmuasi barpo etildi.
Shu kunning o‘zida zavodda doimiy ravishda faoliyat yuritadigan “Islom Karimov va O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivoji” ko‘rgazma-muzeyi ish boshladi.
Izoh (0)