Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar markazida “Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi” deb nomlangan ko‘chma fotoko‘rgazma tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan fotoko‘rgazmada viloyat hokimligi, huquq-tartibot idoralari vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda yosh avlod ongu qalbini turli illatlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Ko‘rgazmadan joy olgan fotoasarlar barchani turli yot g‘oyalar ta’siridan ogoh bo‘lishga chorlaydi.
Izoh (0)