18 yoshgacha bo‘lgan kar-soqovlardan iborat O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon Chempionatida zafar quchdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Mundial bellashuvlariga Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik futzalchilar unda barcha raqiblarini mag‘lub etishga erishgan. Jamoa guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etishning uddasidan chiqqan: Shvetsiya 5:3, Indoneziya 17:2, Kuvayt 9:2.
Yarim finalda Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga raqib bo‘ldi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi final o‘yinida o‘zbekistonlik sportchilar yana bir bor Shvetsiyaga qarshi zalga chiqdi va 4:2 hisobida g‘olib chiqib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Xabarda aytilishicha, har bir o‘yin oldidan O‘zbekiston madhiyasi yangragan va sportchilar uni ko‘zlaridagi yosh bilan qarshi olgan.
Izoh (0)