Misrda sakkiz kishi, jumladan, uch nafar politsiyachi Qohira aeroporti orqali mamlakatdan naqd xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqishda ayblanmoqda. Bu haqda Nile xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Misr bosh prokurori Nobil Sodiq uch nafar politsiyachi va besh nafar gumonlanuvchining pora olish va xorijiy valyutani bir necha marta Qohira xalqaro aeroporti bojxona tekshiruv punktidan noqonuniy olib chiqish bo‘yicha ishini sudga yuborganligi ta’kidlanmoqda.
Gap 2 milliarddan ortiq (113 million dollardan ortiq) Misr funti haqida bormoqda.
Valyuta almashtirish punktlari sohibi bo‘lgan mahalliy biznesmen va uning sheriklari uch nafar politsiya xodimi bilan kelishgan holda naqd xorijiy valyutani aeroport orqali mamlakat tashqarisiga olib chiqqan. Pullar joylangan sumkalarni o‘tkazib yuborgani uchun politsiyachilar mukofotlangan.
Izoh (0)