Fransiya chempionatining 16-turida sensatsion natija qayd etildi. Mavsum boshidan buyon qarshisidan chiqqan har qanday raqibning dodini berayotgan “PSJ” quyi pog‘onalarda yurgan “Strasbur”dan yengildi.
Bosh murabbiy Unai Emeri asosiy hujumchilardan biri Edinson Kavanini asosiy tarkibga kiritmadi. Urugvaylik hujumchi 75-daqiqaga kelibgina maydonda paydo bo‘ldi. Biroq bu o‘zgarish ham ish bermadi va parijliklar mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.
Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida “PSJ” Myunxenda “Bavariya” mehmoni bo‘lishi kerak. Mazkur o‘yinga tayyorgarlik arafasida Emeri jamoasi mag‘lub bo‘ldi. Tomonlarning Parijda kechgan o‘zaro o‘yinida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchgan va shundan keyin “Bavariya” Karlo Anchelottini iste’foga chiqargandi. Uning o‘rniga kelgan Yupp Xaynkes bilan “Bavariya” futbolchilari biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi va Bundesligada peshqadamga aylanib oldi.
Garchi mag‘lub bo‘lganiga qaramay, “PSJ” ta’qibchilaridan 9 ochkoga ilgarilab ketgan.
Fransiya Birinchi Ligasi 16-tur bellashuvlari 2-dekabr, shanba
“Strasbur” — “PSJ” 2:1
Gollar: Nunu Da Koshta, 13 (1:0). Kilian Mbappe, 42 (1:1). Stefan Baoken, 65 (2:1).“Monako” — “Anje” 1:0
Gol: Radamel Falkao, 2 (1:0).3-dekabr, yakshanba
Izoh (0)