Rossiyaning Novosibirsk viloyati, Iskitimsk tumanidagi xususiy uyda yong‘in kelib chiqishi oqibatida yettiga kirmagan besh nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik tufayli kelib chiqqan.
Uyda uchta kvartira bo‘lgan. Kvartiralardan birida 1,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan besh nafar bola qolib ketgan. Qolgan kvartiralarda yashovchilar evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)