2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya hamda angliyalik sobiq futbolchi Gari Lineker olib borgan qura marosimiga Moskvadagi Kreml saroyi mezbonlik qildi.

Foto: FIFA

Har to‘rt yillikning eng yirik futbol festivalida ishtirok etuvchi 32 mamlakat termalari qur’a davomida o‘z raqiblarini bilib oldi. Bunda savatchalar FIFA reytingi asosida tuzib chiqilgan bo‘lib, 1 ta qit’aning 2 ta termasi bir guruhdan o‘rin olmasligi ta’minlandi. Faqatgina Yevropa qit’asi termalari bundan mustasno.

“A” guruhi

  • Rossiya
  • Urugvay
  • Misr
  • Saudiya Arabistoni

“B” guruhi

  • Portugaliya
  • Ispaniya
  • Eron
  • Marokash

“С” guruhi

  • Fransiya
  • Peru
  • Daniya
  • Avstraliya

“D” guruhi

  • Argentina
  • Xorvatiya
  • Islandiya
  • Nigeriya

“E” guruhi

  • Braziliya
  • Shveysariya
  • Kosta-Rika
  • Serbiya

“F” guruhi

  • Germaniya
  • Meksika
  • Shvetsiya
  • Janubiy Koreya

“G” guruhi

  • Belgiya
  • Angliya
  • Tunis
  • Panama

“H” guruhi

  • Polsha
  • Kolumbiya
  • Senegal
  • Yaponiya

Jahon Chempionati bellashuvlari 2018-yilning 14-iyun kunida start olib, 15-iyuldagi final o‘yini bilan yakuniga yetadi.