Indoneziyaning Yava orolida 28-noyabr kechki soatlarida tropik siklon avj oldi, buning oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Dovul tufayli oroldagi qator yo‘llar va qishloqlar suv ostida qolib ketdi.
“19 kishi halok bo‘ldi, minglab uylar suv ostida qolib ketdi, boshqa turdagi zarar ham yetkazildi”, — dedi tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish agentligi vakili fojia haqida.
Aytilishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi yer o‘pirilishi oqibatida tuproq ostida qolib ketgan.
Izoh (0)