Kreml KXDR atrofidagi inqirozni tartibga solishni ortga suruvchi navbatdagi raketa uchirilishini provokatsiya deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Navbatdagi raketa uchirilishi inqirozli vaziyatni hal etishni boshlashdan bizni uzoqlashtiruvchi va kelgusida ziddiyatning o‘sishiga olib keluvchi provokatsion harakat”, — deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Biz bu raketa uchirilishini qoralaymiz va umid qilamizki, barcha tegishli tomonlar Koreya yarim orolidagi vaziyat yomonlashmasligi uchun xotirjamlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qiladi Peskov.
Izoh (0)