Venesuela yetakchisi, mamlakatni chuqur inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘ygan Nikolas Maduro 2018-yili bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etish niyatida. Bu haqda vitse-prezident Tariq al-Aissami bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Al-Aissami bu bayonotni Venesuela yagona sotsialistik partiyasi faollari bilan uchrashuvda berdi.
“Do‘stimiz Nikolas Maduroning Bolivarian Respublikasi prezidenti lavozimiga qayta saylanishini ko‘ramiz. Muxolifatning o‘z rejasi bor, lekin biz ularga ishonmaymiz”, — uning so‘zlarini keltiradi Últimas Noticias gazetasi.
Maduro 2013-yil martida Ugo Chavesning vafotidan so‘ng ushbu lavozimni egalladi. O‘sha yilning aprelida u prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)