Amerikaning Cards Against Humanity kompaniyasi marketing borasidagi o‘zining ahmoqona qarorlari bilan mashhur. Kompaniyaning so‘nggi mojaroli tadbiri “Cards Against Humanity Amerikani qutqarmoqda” deb nomlanadi. Tashkilot AQSh va Meksika chegarasidagi erkin uchastkalardan birini sotib oldi va endilikda Donald Trampga devor qurish loyihasini davom ettirishga to‘sqinlik qilmoqda, deb xabar berdi TravelAsk.
“Donald Tramp — meksikaliklardan qo‘rquvchi beso‘naqay golem. U shu qadar qo‘rqqanidan 20 milliard dollar evaziga hech qanday foydasi tegmaydigan devor qurmoqchi. Shu sababli biz erkin hududdan uchastka sotib oldik va devorni qurishda qiyinchilik tug‘diruvchi narsani o‘ylab topdik”, — deyiladi kompaniyaning bayonotida.
Dekabr oyida kompaniya ajoyib aksiyani o‘tkazadi va unda ishtirok etgan o‘z mijozlariga 15 dollar evaziga sovg‘alar yuboradi. G‘oliblarning barchasiga sotib olingan uchastkaning bir bo‘lagiga egalik qilish huquqini beruvchi kartalar sovg‘a qilinadi. Agarda AQSh hukumati ushbu hududda devor qurishni istasa yerning har bir egasi bilan alohida sudlashishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)